Русские видео

Сейчас в тренде

Иностранные видео




Если кнопки скачивания не загрузились НАЖМИТЕ ЗДЕСЬ или обновите страницу
Если возникают проблемы со скачиванием, пожалуйста напишите в поддержку по адресу внизу страницы.
Спасибо за использование сервиса savevideohd.ru



ITNING ICHKI TUZILISHI | ИТНИНГ ИЧКИ ТУЗИЛИШИ.

ITNING ICHKI TUZILISHI | ИТНИНГ ИЧКИ ТУЗИЛИШИ. Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! 👍Layk tugmasini bosishni unutmang ! 🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring... Kuningiz xayrli o‘tsin! Hurmat ila BIOLOGUZ ►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog ►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ:   / uzbiolog   ►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti. ►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/3dhfRHM - Remix Musiqalar. #itningichkituzilishi #uzbiolog #biologuz #itlarhaqida Hazm qilish sistemasi. Hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon hamda ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdan iborat. Itning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlari va tili joylashgan. Tili yordamida ular oziqning ta’mini aniqlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bezlaridan ajralib chiqadigan so‘lak oziqni ho‘llaydi. It tili yordamida oziqni so‘lak bilan aralashtiradi. Og‘izda maydalangan oziq oshqozon shirasi bilan aralashib, qisman hazm bo‘ladi va ichakka o‘tadi. Ichakda oziq ichak va oshqozonosti bezl aridan ajralib chiqadigan hazm shirasi hamda jigardan ajraladigan o‘t suyuqligi ta’sirida hazm bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi yo‘g‘on ichakka tushadi; u yerdan to‘g‘ri ichak va anal teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi (98-rasm). Nafas olish sistemasi. Havo burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak va bronxlar orqali ko‘krak qafasida joylashgan o‘pkaga kiradi. Ko‘krak qafasi diafragma parda orqali qorin bo‘shlig‘idan ajralgan. Nafas olganda qovurg‘alar ko‘tarilib, diafragma qorin bo‘shlig‘iga suriladi. Buning natijasida ko‘krak qafasining hajmi oshadi, atmosfera bosimi ta’sirida havo o‘pkaga otilib kiradi. Nafas chiqarishda qovurg‘alar pasayib, diafragma gumbaz shaklida ko‘krak bo‘shlig‘iga ko‘tarilishi tufayli ko‘krak qafasi torayadi va havo o‘pkadan chiqib ketadi.Qon aylanish sistemasi. Sutemizuvchilar yuragi to‘rt bo‘lmali bo‘lib, ikkita qorincha va ikkita bo‘lmadan tuzilgan (99-rasm). Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat. Sutemizuvchilar – qushlar singari issiqqonli hayvonlar. Ularning arteriya qoni vena qonidan batamom ajralgan.Ayirish sistemasi. Sutemizuvchilarning ayirish organlari qorin bo‘shlig‘ida bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan loviya shaklidagi bir juft buyrakdan iborat. Buyraklarda hosil bo‘lgan siydik ikkita siydik yo‘li orqali qovuqqa to‘kiladi. Siydik qovuqdagi chiqarish nayi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Nafas olish va qon aylanish sistemasining mukammal rivojlanganligi tufayli sutemizuvchilar tanasida moddalar almashinuvi ham juda jadal boradi. Sutemizuvchilar ham qushlar singari tana harorati doimiy, issiqq onli hayvonlardir. Biroq tana harorati qushlarnikiga nisbatan biroz pastroq bo‘ladi. It tanasi harorati o‘rtacha 37–38 °C ga teng. 1. Sutemizuvchilarning hazm qilish sistemasi qanday qismlardan iborat? 2. Sutemizuvchilar qanday qilib nafas oladi? 3. Qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan? 4. Ayirish sistemasi qanday tuzilgan? 5. Sutemizuvchilar bosh miyasi qanday tuzilgan? 6. Sutemizuvchilarning qaysi sezgi organlari rivojlangan? Hazm shirasi, so‘lak, qorin diafragmasi, siydik yo‘li, bosh miya katta yarimsharlari, tuyg‘u. 1. Og‘iz bo‘shlig‘ida oziq: a) so‘lak bilan aralashadi, hazm bo‘ladi; b) maydalanadi, yog‘lar emulsiyalanadi; d) so‘lak bilan aralashadi. 2. Sutemizuvchilar qushlarga nisbatan: a) narsalar shaklini yaxshi ajratadi; b) yaqin narsalarni yaxshi ko‘radi; d) uzoq narsalarni yaxshi ko‘radi. Bosh miya bo‘limlari va ular funksiyasini juftlab yozing. a) katta yarimsharlar; 1) murakkab harakatlarni boshqarish; b) miyacha. 2) shartli reflekslar hosil qilish.

Comments