У нас вы можете посмотреть бесплатно OG'IZ BO'SHLIG'IDA OVQAT HAZM BO'LISHIDA SO'LAK BEZLARINING AHAMIYATI | СЎЛАК БЕЗЛАРИНИНГ АҲАМИЯТИ или скачать в максимальном доступном качестве, которое было загружено на ютуб. Для скачивания выберите вариант из формы ниже:
Если кнопки скачивания не
загрузились
НАЖМИТЕ ЗДЕСЬ или обновите страницу
Если возникают проблемы со скачиванием, пожалуйста напишите в поддержку по адресу внизу
страницы.
Спасибо за использование сервиса savevideohd.ru
OG'IZ BO'SHLIG'IDA OVQAT HAZM BO'LISHIDA SO'LAK BEZLARINING AHAMIYATI | ОҒИЗ БЎШЛИҒИДА ОВҚАТ ҲАЗМ БЎЛИШИДА СЎЛАК БЕЗЛАРИНИНГ АҲАМИЯТИ KANALIMIZGA OBUNA BO'LING: / @biologuz Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! 👍Layk tugmasini bosishni unutmang ! 🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring... Kuningiz xayrli o‘tsin! Hurmat ila BIOLOGUZ ►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog ►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ: / uzbiolog ►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti. #ogizboshligi #uzbiolog #biologuz Og'iz bo'shlig'ida ovqat hazm bo'lishida so'lak bezlarining ahamiyati. Og'iz bo'shlig'iga uch juft: tilosti, jag'osti, quloq oldi so'lak bezlarining Kanalchalari ochiladi.Bu bezlardan ajralgan so'lak og'iz bo'shlig'iga quyilib, ovqatni ho'llab, uning yutilishini- qulaylashtiradi. So'lak tarkibida uglevodlarni-parchalovchi ptialin fermenti bo'ladi. Shuning uchun non og'izda ko'proq chaynalsa, shirin maza beradi. So'lak tarkibida lizotsim degan modda bo'lib, u og'iz bo'shlig'iga tushgan mikroblami eritib yuborish xususiyatiga ega. Halqum burun va og'iz bo'shlig'ining davomi bo'lib, u shilliq va muskul qavatlardan iborat. Uning uzunligi katta odamda o'rtacha 15 sm bo'lib, ' uch qismga-burun, og'iz va hiqildoqqa bo'linadi. Halqumning vazifasi - ovqatni og'iz bo'shlig'idan qizilo'ngachga, havoni burun bo'shlig'idan hiqildoqqa o'tkazishdan iborat. Halqumning pastki qismi qizilo'ngachga tutashadi. Qizilo'ngach o'rtacha 23-25 sm bo'lib, shilliq va muskul qavatdan iborat. U ko'krak qafasi to'sh suyagining orqa qismida joylashgan. Vazifasi ovqatni tomoqdan oshqozonga o'tkazishdan iborat. Me’da qorin bo'shlig'ining yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan. U to'rt qismdan: kirish, tub, tana vapilorik (chiqish) qismlardan iborat. Katta odamda me’daning hajmi o'rtacha 2,5 l atrofida bo'ladi. Ko'p ovqat va suyuqlik iste’mol qiluvchilarda me’da devorining cho'zilishi natijasida uning hajmi ancha kattalashishi mumkin. Me’daning ichki shilliq pardasi ostida juda kо‘p-14 millionga yaqin mayda bezlar joylashgan bo'lib, ular pepsin, lipaza fermentlari va xlorid kislota ajratadi. Pepsin ovqat tarkibidagi oqsillarni, lipaza yog'larni parchalaydi. Xlorid kislota esa pepsin fermentining faollik kuchini oshiradi. Bu bezlardan bir kecha- kunduzda 3 l ga yaqin me’da shirasi ajraladi. Me’dada ovqat kislotali sharoitda hazm bo'ladi. Me’dada ovqat-fizik va kimyoviy o'zgarishlarga uchraydi va maydalanib, parchalanib, hazm bo'lib o'n ikki barmoq ichakka o'tkaziladi. Aralash ovqatlar oshqozonda 3-4 soat, yog'li ovqatlar esa 5-6 soatgacha saqlanishi mumkin. Suv, sut, non va shirinliklar oshqozonda juda qisqa vaqt (2-3 soat) saqlanadi. Me’dada spirtli ichimliklar qongatez so‘riladi, shuning uchun ularning ta’siri tez seziladi. Ovqatlanish tartibini tuzishda ovqatning me’dada hazm bo‘lish vaqti hisobga olinadi. Aralash ovqatlar 3-4 soatda hazm bo‘lganligi uchun har 4 soatda-ovqatlanish kerak (uyqu vaqti bundan mustasno). Ovqatlanish tartibining buzilishi, ya’ni 5-7 soat och yurib, so‘ngra birdaniga ko‘p ovqat iste’mol qilish me’daning ichki shilliq pardasini yallig‘lantirib gastrit va me’da yarasi kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu kasalliklarda me’da shirasida avvalo xlorid kislota va fermentlar ko‘payadi. Shuning uchun odam zarda bo‘ladi; nordon kekirish, me’da sohasida achishish va og'riq seziladi. Kasallikning boshlanish davrida davolash chorasi ko'rilmasa, me’da shirasi tarkibidagi xlorid kislota va fermentlar kamayadi, me’dada ovqatning hazm bo'lishi buzilib, odamda yoqimsiz kekirish, qorin sohasida og'riq sezish belgilari yuzaga keladi. Fermentlar va xlorid kislota kam ajralganligi tufayli ovqatning parchalanishi qiyinlashib, u me’dada uzoq vaqt (6-8 soat) turib qoladi. Shuning uchun ham odamning ishtahasi pasayadi, ozadi, quvvatsizlanadi. O'n ikki barmoq ichak. Bu ingichka ichakning boshlang'ich qismi bo'lib, uzunligi o'n ikkita barmoq eniga teng (25-30 sm) bo'ladi. Shuning uchun u o'n ikki barmoq ichak deb ataladi. Bu ichak bo'shlig'iga me’da osti bezining shirasi va jigarning o't suyuqligi quyilib turadi. Me’da osti bezi suyuqligining tarkibida oqsilni parchalaydigan tripsin, yog'larni parchalaydigan lipaza va uglevodlarni parchalaydigan amilaza fermentlari bo'ladi. O'n ikki barmoq ichakka jigardan quyiladigan o't-suyuqligi ovqat tarkibidagi yog'larni emulsiya holatiga keltiradi va lipaza fermentining faolligini oshiradi. Katta yoshli odamda bir kecha-kunduzda o'n ikki barmoq ichakka 500-800 ml me’da osti bezi suyuqligi, 700-1200 ml o't suyuqligi quyiladi. Shuning uchun ham bu ichakda ovqat hazm bo'lish jarayoni juda faol o'tadi. Ingichka ichak o'n ikki barmoq ichakning davomi bo'lib, uning uzunligi katta odamda 5-6 m, kengligi 2-2,5 sm bo'ladi. Devori uzunasiga va aylanasigajoylashgan silliq muskullardan tashkil topgan. Yo'g'on ichak ingichka ichakning davomi bo'lib, uning uzunligi katta odamda o'rtacha 1,5 m.