Русские видео

Сейчас в тренде

Иностранные видео




Если кнопки скачивания не загрузились НАЖМИТЕ ЗДЕСЬ или обновите страницу
Если возникают проблемы со скачиванием, пожалуйста напишите в поддержку по адресу внизу страницы.
Спасибо за использование сервиса savevideohd.ru



Miokard infarkti |

Miokard infarkti — o’tkir holat, yurak ishemik kasalligining klinik shakli, to’liq yoki qisman qon yetishmovchiligi natijasida yurak muskul to’qimasining (miokard) nekrozi (o’limi) tufayli yuzaga keladi. Bu butun yurak-qon tomir tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi va bemorning hayotini xavf ostiga qo’yadi. Miokard infarktining asosiy va eng ko’p tarqalgan sababi — yurak mushagini qon bilan va shunga mos ravishda kislorod bilan ta’minlaydigan toj (koronar) arteriyalardagi qon oqimining buzilishi. Ko’pincha bunday buzilish arteriyalar aterosklerozining fonida yuzaga keladi va unda tomirlarning devorida aterosklerotik pilakchalar (blyashkalar) paydo bo’ladi. Ushbu pilakchalar toj arteriyalari bo’shlig’ini toraytiradi va tomir devorlarining shikastlanishiga hissa qo’shadi, bu esa tromb va arterial stenoz shakllanishi uchun qo’shimcha sharoitlarni yaratadi. INFARKTNING XAVF OMILLARI Ushbu o’tkir kasallikning rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradigan bir qator omillar mavjud: Ateroskleroz. Yo’g almashinuvining buzilishi natijasida qon tomir devorlarida aterosklerotik pilakchalarning paydo bo’lishi miokard infarktining rivojlanishida asosiy xavf omilidir. Yosh. 45-50 yoshdan keyin kasallikni rivojlanish xavfi ortadi. Jins. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, ayollarda ushbu keskin vaziyat erkaklarnikiga qaraganda 1,5-2 marta ko’proq uchraydi, ayniqsa klimaks davrida ayollarda miokard infarkti rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi. Arteriyel gipertoniya. Gipertoniya (yuqori qon bosimi) bilan og’rigan insonlarda yurak-qon tomir kasalligi rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi, chunki arterial bosim ortishi bilan miokardda kislorodga talab oshadi. Avval boshdan kechirilgan miokard infarkti, hatto kichik ko’lamli bo’lsada. Chekish. Ushbu zararli odat tanamizning ko’plab organlari va tizimlarining ishdan chiqishiga olib keladi. Surunkali nikotin bilan zaharlanish natijasida toj arteriyalar torayib ketadi, bu esa miokardda kislorod yetishmasligiga olib keladi. Va gap nafaqat faol chekish haqida, balki passiv chekish haqida ham bormoqda. Semizlik va gipodinamiya. Yog’ almashinuvi buzilganda aterosklerozning rivojlanishi tezlashadi, qandli diabet kasalligi xavfi ortadi. Jismoniy yetishmovchilik va kamharakatlik organizmdagi modda almashinuviga salbiy ta’sir qiladi, bu esa ortiqcha vaznning to’planishiga sabab bo’ladi. Qandli diabet. Qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda miokard infarkti rivojlanish xavfi yuqori, chunki qondagi yuqori qand miqdori tomir devorlari va gemoglobinga salbiy ta’sir ko’rsatadi, buning natijasida uning transport (kislorodni tashish) qobiliyati yomonlashadi. MIOKARD INFARKTI BELGILARI VA ALOMATLARI Kasallikning asosiy belgisi bu kuchli og’riqdir. Miokard infarkti bilan kechadigan og’riq ko’krak orqasida joylashgan bo’lib, u yonish hissi va xanjar urilgandek tuyuladi, ba’zi bemorlar og’riq «yorib tashlagudek» bo’ladi deya ta’riflaydi. Og’riq chap qo’lga, pastki jag’ga, kuraklar orasiga tarqalishi mumkin. Ushbu holatning rivojlanishi har doim ham jismoniy zo’riqishdan keyin kelmaydi, ko’pincha og’riq sindromi dam olish vaqti yoki kechqurun yuz beradi. Og’riq alomatining tavsiflangan xususiyatlari stenokardiya xurujlarida bo’lganiga o’xshash bo’lsa-da, ularning bir-biridan ajratib turuvchi aniq farqlar bor. Stenokardiya xurujidan farqli o’laroq, miokard infarkti tufayli paydo bo’lgan og’riq sindromi 30 daqiqadan ko’proq davom etadi va tinch holatga o’tish yoki nitrogliserinni takroriy qabul qilish bilan to’xtamaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, og’riqli xuruj 15 daqiqadan ko’proq davom etsa, qabul qilingan chora-tadbirlar samarasiz bo’lsa, darhol shoshilinch tibbiyot jamoasi chaqirilishi kerak. MIOKARD INFARKTINI KASALXONADA DAVOLASH Qon aylanishini va toj arteriyalar o’tkazuvchanligni tiklashning eng yaxshi usuli — darhol tomirning angioplastikasini o’tkazishdir, bu vaqtda arteriya ichiga maxsus stent kiritiladi. Stent qo’yish miokard infarktining boshlanishidan keyingi dastlabki soatlarda ham talab qilinadi. Ba’zi hollarda yurak mushaklarini saqlab qolishning yagona yo’li shoshilinch toj arteriya shuntlash operatsiyasino o’tkazish hisoblanadi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Ushbu video tayyorlash uchun ancha mehnat qildim. Agar video sizga foydasi teksa videoga layk bosib do'stlaringizga ulashishni unutmang. ***************************** Bizning manzillarimiz: Telegram: https://t.me/BIO_OLAM_rasmiy_kanali Instagram: https://www.instagram.com/p/Cl6b0g9KW... You tube:    / @maqsudxon_mominxonov   ***************************** #yurak #doktor #afaq #miokard #myocardialinfarction #virus #bio_olam #biologiya #cell #hujayra #mitos #meyos #gepatit #bio_olam #covid19 #pandemiya #vaksina #kasalliklar #maqsudxon_mominxonov #hepatite #herpes #gerpes #grip

Comments