У нас вы можете посмотреть бесплатно QAD QOMATNING SHAKLLANISHI | ҚАД ҚОМАТНИНГ ШАКЛЛАНИШИ. или скачать в максимальном доступном качестве, которое было загружено на ютуб. Для скачивания выберите вариант из формы ниже:
Если кнопки скачивания не
загрузились
НАЖМИТЕ ЗДЕСЬ или обновите страницу
Если возникают проблемы со скачиванием, пожалуйста напишите в поддержку по адресу внизу
страницы.
Спасибо за использование сервиса savevideohd.ru
QAD QOMATNING SHAKLLANISHI | ҚАД ҚОМАТНИНГ ШАКЛЛАНИШИ. KANALIMIZGA OBUNA BO'LING: / @biologuz Yangi bo‘lsangiz kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! 👍Layk tugmasini bosishni unutmang ! 🔥Ajoyib kommentlaringizni qoldiring... Kuningiz xayrli o‘tsin! Hurmat ila BIOLOGUZ ►ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИМИЗ: https://t.me/uzbiolog ►ИНСТAГРAМ СAҲИФAМИЗ: / uzbiolog ►Хамкор Каналларимиз: https://bit.ly/32ibaXL - Android Apk Ilovalar Sayti. #qadqomat #uzbiolog #biologuz #kifoz #lardoz Qad-qomatning shakllanishi - Har bir odam tanasini o'zi odatlangan holatdaerkin tutishi deb ataladi. Odamning qad-qomati uning skeleti, muskullari va nerv sistemasining rivojlanishiga bog'liq. Qad-qomatning shakllanishida, ayniqsa umurtqa pog'onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda bo'yin va bel qismida umurtqa pog'onasi bir oz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir oz orqaga egilgan bo'ladi. Shuning uchun oldinga egilish, orqaga egilish deb ataladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bo'lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshni tik tutishi natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil bo'ladi. Ularning normal holda bo'lishi yoki normadan ortiqcha egilishi qad-qomatning noto'g'ri shakllanishiga ta’sir etadi. Bundan tashqari, qad-qomatning shakllanishida ko'krak qafasi, qo'l va oyoq suyaklari hamda tana muskullaririing normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega. Qad-qomatning noto'g'ri shakllanishi bir necha xil bo'ladi: egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skoliotik qad-qomat,Qad- qomati normal shakllangan odam tanasini tik va to'g'ri tutadi, boshi ko'tarilgan, yelkalari yozilgan, ikkala yelkasi bir tekislikda, qorni bir oz ichiga tortilgan, oyoqlari tik va to'g'ri bo'ladi. Egilgan qad-qomatli odam tik turganda boshi oldinga egilgan, yelkalari osilgan, ko'krak qafasi botiq bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin qismidagi oldinga egilishining normaga nisbatan - ko'payishi, bel qismidagi egilishining esa kamayishi hamda qorin devori muskullarining yaxshi rivojlanmasligi tufayli yuzaga keladi. Kifoz qad-qomatli odam tik turganida orqasining yuqori qismi do‘ppaygan va yumaloqlashgan, yelkalari oldinga osilgan, boshi oldinga egilgan, qornining pastki qismi bo'rtgan bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasini bo'yin va bel qismidagi oldinga egilishlarini normaga nisbatan kam, ko'krak qismidagi orqaga egilishning esa ko'p bo'lishi tufayli vujudga keladi. Kekkaygan qad-qomatli odamning orqasi to'g'ri va tekis, qorni ichiga tortilgan bo'ladi. Bunday qad-qomatli umurtqa pog'onasining ham egilishlari normaga nisbatan kam bo'lishi natijasida yuzaga keladi. Qad-qomatining buzilishidan faqat odamning tashqi ko'rinishi o'zgarmasdan, balki u ichki a’zolar (o'pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak) kabilarining rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko'rsatadi. Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun quyidagi gigiyena qoidalariga amal qilish kerak:-bolani yoshligidan tekis va bir oz qattiqroq to'shakda yotishga o'rgatish lozim, yostiq pastroq bo'lishi kerak. To'shakning qalin va yumshoq bo'lishi, yumshoq purjinali karavot, baland yostiq bolaning umurtqa pog'onasi qiyshayib qolishiga sabab bo'ladi; bolani olti oylik bo'lguncha o'tqazmaslik, o'n oylik bo'lguncha oyog' ida uzoq vaqt tik turg ‘azmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pog'onasi, oyoq suyaklari egiluvchan bo'lganligi sababli tana massasini ko'tara olmasdan, egrilanib qolishi mumkin. -4-5 yoshgacha bo'lgan bolalarni katta odamlar uzoq vaqt qo'lidan yetaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga ko'tarilishi tufayli umurtqa pog'onasi egrilanib qolishi mumkin;-kichik yoshdagi bolalar, boshlang'ich sinf o'quvchilari uzoq vaqt bir joyda o'tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og'ir buyumlami ko'tarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qo'lida ish bajarmasligi kerak. (Maktabda, uyda dars tayyorlaganda, ovqatlanganda); -o'quvchilar parta, stol-stulda o'tirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur: o'tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyanchig'iga suyanib tursin, oyoqlari tizza bo'g'imida to'g'ri burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 10 sm ga yaqin masofa bo'lsin. Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun ana shu yoshgacha bo'lgan bolalar yuqorida ko'rsatilgan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati to'g'ri, chiroyli bo'lib shakllanadi. Yassioyoqlik. Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch harakatlanish sistemasining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatlariga ko'ra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan. To'g'ri rivojlangan oyoq kaftining ko'proq qismi o'yiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo'ladi. Uning bunday tuzilishi tana massasining oyoqning tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta’minlaydi.