У нас вы можете посмотреть бесплатно "Avtooyna" MCHJ 25 yoshda! или скачать в максимальном доступном качестве, которое было загружено на ютуб. Для скачивания выберите вариант из формы ниже:
Если кнопки скачивания не
загрузились
НАЖМИТЕ ЗДЕСЬ или обновите страницу
Если возникают проблемы со скачиванием, пожалуйста напишите в поддержку по адресу внизу
страницы.
Спасибо за использование сервиса savevideohd.ru
O‘zbekiston Respublikasi tarixida o‘tgan asrning so‘nggi yillari muxim o‘rin tutadi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin xukumatimiz oldida respublikamiz axolisi uchun davlatimiz o‘z avtomobilimizni yaratish masalasi dolzarb mavzuga aylandi va bunga erishildi xam. Endigi masala ushbu avtomobilsozlik korxonasi uchun yetkazib berilayotgan detallarni maxalliylashtirish masalasi turardi. 1998 yilga kelib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 8-oktabrdagi 432-sonli qaroriga asosan Farg‘ona viloyatida xavfsiz avtomobil oynalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xukumat qarori imzolangan. Ushbu qaror ijrosini bajarish maqsadida Farg‘ona viloyatida xavfsiz avtomobil oynalari ishlab chiqarish uchun “Avtooyna” korxonasini tashkil qilish bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu tarixiy voqeadan keyin “Avtooyna” korxonasi oldida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun qizg‘in, qiziqarli, mashaqqatli xamda mas’uliyatli ishlar amalga oshirish turgandi. 2002 yilda – zavod qurilishi boshlandi. 2003 yil – 18-may kuni zavodga O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimov tashrif buyurdi. 2003 yil 27 avgust kuni zavod ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 2004 yil – mart oyida foydalanishga topshirildi. 2005 yil 3 martda sinov labaratoriyamizning akkredetatsiya guvoxnomasi olindi. Shu yilning o‘zida birinchi maxsulotlarni ishlab chiqarilib, Uz-Daewoo Auto konveeriga yetkazib berildi. Birinchi o‘zlashtirilgan modellar Tiko, Neksiya–1 va Damas avtomobillari uchun xavfsiz avtomobil oynalari bo‘lgan. 2006 yildan zavodimiz tomonidan Matiz modeli uchun oynalar ishlab chiqarishni o‘zlashtirildi, 2011 yilda Lasetti va Spark oynalari, 2012 yilda Kobalt, 2016 yilda Neksiya R3 oynalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Xozirda zavodimiz Trekker xamda Oniks modellari uchun xam bosh konveerni xavfsiz avtomobil oynalari bilan ta’minlab kelmoqda. 2009-2010 yillar “Fergana Auto Glass” MChJ tashkil etilib, kapsula oynalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2023 yilga kelib jamoamiz safi “Fergana Auto Glass” MChJ xodimlari bilan boyitildi va uzoq 2006 yilda 410 ta xodim bilan ishlagan korxonamiz xozirda 888 ta ishchi va xodimlarni ish bilan ta’minlab kelmoqda. 2014 yilda jami xisoblangan ish xaqqi fondi 17,9 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu ko‘rsatkich 77 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. Korxonamizda ishlab chiqarish suratlari keskin osha boshladi, maksimal quvvatlar 270 ming komplekt oynadan 2009-2010 yillar 350 ming komplektga, 2023 yilga kelib esa 420 ming komplektga yetkazildi. 2014 yilda korxonamiz tomonidan respublikamiz iste’molchilariga 68 mlrd. so‘m miqdorida maxsulot yetkazib berilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib yillik sotish xajmi 400 mlrd. so‘mga yetdi.