Русские видео

Сейчас в тренде

Иностранные видео


Скачать с ютуб “Salim Abduvaliyev Yevropaga narkotik savdosini tashkil qilgan” - ayblov в хорошем качестве

“Salim Abduvaliyev Yevropaga narkotik savdosini tashkil qilgan” - ayblov 5 дней назад


Если кнопки скачивания не загрузились НАЖМИТЕ ЗДЕСЬ или обновите страницу
Если возникают проблемы со скачиванием, пожалуйста напишите в поддержку по адресу внизу страницы.
Спасибо за использование сервиса savevideohd.ru



“Salim Abduvaliyev Yevropaga narkotik savdosini tashkil qilgan” - ayblov

Қирғизистонда ўнга яқин таниқли шахс “Салимбойвачча” номи билан танилган тошкентлик зиддиятли ишбилармон Салим Абдувалиев билан жиноий тил бириктирганликда гумон қилиниб, терговга тортилди. Қирғизистон махсус хизматлари Абувалиевни қирғизистонлик яна бир авторитет марҳум Қамчи Кўлбоев етакчилик қилган жиноий гуруҳни молиявий қўллаганликда айбламоқда. Бундан ташқари, бу айбловда жиноий йўл билан топилган даромадларни легаллаштириш ҳамда гиёҳванд моддалар савдоси ҳам тилга олинган. Аввалроқ, Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитаси қирғиз депутатининг президентни ағдаришда ёрдам сўраб Салим Абдувалиевга мурожаат қилганини билдирган эди. Абдувалиев шу йил мартда ўқотар қуролларни ноқонуний сақлашда айбланиб, Ўзбекистонда 6 йилга қамалган. Айрим экспертлар - Салимбойнинг қамалиши, қирғиз томонидаги айблов ва қама-қамалар сабаби минтақада контрабанда савдоси назорати зимдан қайта тақсимланаётгани билан боғлиқ, деган тахминни илгари сурмоқда. 🔴 Ozodlik kanaliga obuna bo'ling! 👉 https://t.me/ozodlikkanali 🔴 Bizga xabar yo'llash uchun 👉 https://t.me/ozodnews Qirg‘izistonda o‘nga yaqin taniqli shaxs “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan toshkentlik ziddiyatli ishbilarmon Salim Abduvaliyev bilan jinoiy til biriktirganlikda gumon qilinib, tergovga tortildi. Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Abuvaliyevni qirg‘izistonlik yana bir avtoritet marhum Qamchi Ko‘lboyev yetakchilik qilgan jinoiy guruhni moliyaviy qo‘llaganlikda ayblamoqda. Bundan tashqari, bu ayblovda jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish hamda giyohvand moddalar savdosi ham tilga olingan. Avvalroq, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi qirg‘iz deputatining prezidentni ag‘darishda yordam so‘rab Salim Abduvaliyevga murojaat qilganini bildirgan edi. Abduvaliyev shu yil martda o‘qotar qurollarni noqonuniy saqlashda ayblanib, O‘zbekistonda 6 yilga qamalgan. Ayrim ekspertlar - Salimboyning qamalishi, qirg‘iz tomonidagi ayblov va qama-qamalar sababi mintaqada kontrabanda savdosi nazorati zimdan qayta taqsimlanayotgani bilan bog‘liq, degan taxminni ilgari surmoqda. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #uzbek #salimboy #kyrgyzstan

Comments